Niderlandiyalik hujumchi Memfis Depay Braziliya chempionatida o'ynab turib, jahon chempionatiga chaqirilgan ilk yevropalik futbolchiga aylandi.
Memfis hozirda "Korintians" sharafini himoya qilmoqda. Shunga qaramay, bu holat unga milliy jamoadan chaqiruv olishga to'sqinlik qilmadi. U bo'lajak jahon chempionati uchun Niderlandiya milliy jamoasi tarkibiga kiritildi.
Eslatib o'tamiz, Depay Braziliya chempionatiga 2024 yilda ko'chib o'tgan. Hujumchi bungacha "Barselona" va "Manchester Yunayted" kabi klublar safida to'p tepgan.