Eden Azar 2026 yildagi Jahon chempionatida Belgiya milliy jamoasining kutilmagan natija ko'rsatishiga umid qilmoqda.
Belgiya vakillari guruh bosqichida Misr, Eron va Yangi Zelandiya bilan o'ynaydi.
"Menimcha, jahon chempionatida Ispaniya yoki Fransiya g'olib bo'ladi. Yoki Angliya... Umid qilamanki, Belgiya hammani hayratda qoldiradi.
Ehtimol, Portugaliya g'olib chiqar, chunki bu jamoani mening yaxshi do'stim Roberto Martines boshqarmoqda", — dedi Belgiya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi.
Azar JCH-2026ning ikki favoritini aytdi
Futbol
4 iyun, 00:50
Sobiq futbolchi Belgiya surpriz qilishi mumkinligiga ham umid qilmoqda.
Foto: Getty Images