«Komo» klubi va Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Niko Pas tizzasidan olgan jarohati sababli jahon chempionatiga bormasligi mumkin.
AS nashri ma'lum qilishicha, 21 yoshli havbek 10 may kuni A Seriya doirasidagi «Verona»ga (1:0) qarshi bellashuvda olgan tizza jarohatidan hali ham to'liq tiklana olmayapti.
Avvaliga ushbu jarohat futbolchining jahon chempionatida ishtirok etishiga to'sqinlik qilmaydi, deb hisoblangandi. Biroq hozir murabbiylar shtabi futbolchining tiklanish muddati bo'yicha shubhalanishmoqda. Jarohat avval taxmin qilinganidan ko'ra jiddiyroq bo'lishi ehtimoli ham mavjud.
Ayne paytda Pasning jahon chempionatida qatnashishi ochiq qolmoqda. Yakuniy qaror qabul qilinishi uchun uning holati har kuni kuzatib boriladi.
Avvalroq «Real» o'z tarbiyalanuvchisi bo'lgan Niko Pasni yozda qayta sotib olishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
Niko Pas Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin
Futbol
3 iyun, 19:05
Argentinalik yarimhimoyachi tizza jarohatidan tiklana olmayapti.
Foto: Getty Images