Bugun
19
O'zbek

Iraola bugun «Liverpul» bilan rasmiy shartnoma imzolaydi — Romano

Futbol
4 iyun, 00:30
Kelishuv to'liq tasdiqlangan va yaqin vaqt ichida e'lon qilinadi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Iraola bugun «Liverpul» bilan rasmiy shartnoma imzolaydi — Romano
Foto: Getty Images

Ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraola bugun, 4 iyun kuni «Liverpul» bilan rasmiy shartnoma imzolaydi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, kelishuv to'liq tasdiqlangan va yaqin vaqt ichida e'lon qilinadi. Bungacha ispaniyalik mutaxassis klub bilan ikki yillik shartnoma imzolashi aytilgandi. 30 may kuni «Liverpul» bosh murabbiy Arne Slot bilan xayrlashganini ma'lum qilgan.

Ma'lumot o'rnida, Iraolaning so'nggi klubi «Bornmut» bo'lgan. U ushbu jamoani bu mavsum yakunida tark etdi.

Andoni boshchiligida «olcharanglilar» 57 ochko to'plab, APL turnir jadvalida 6-o'rinni egalladi. «Liverpul» esa 60 ochko bilan 5-o'rinni band etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar