Bugun
19
O'zbek

Lugano: "JCh-2026da Ronaldu foydasiga penaltiyalar belgilanadi — xuddi Qatarda Messiga bo'lgani kabi"

Futbol
3 iyun, 23:10
Urugvay milliy jamoasi sobiq sardori mundial favoritini aytdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Lugano: "JCh-2026da Ronaldu foydasiga penaltiyalar belgilanadi — xuddi Qatarda Messiga bo'lgani kabi"
Foto: Getty Images

«PSJ» klubi va Urugvay milliy jamoasi sobiq himoyachisi Diego Lugano bu yilgi mundialda kim chempion bo'lishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

«Men Braziliya deb o'ylayman. Ular haqida ko'p gapirishyapti. Bu Janubiy Amerika jamoasi bo'lib, ulardan eng katta natijalar kutilmoqda va jamoa bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. Men aniq shu jamoani tanlayman», — dedi Lugano ESPN efirida.

Boshqa ekspertlar ham favoritlar sifatida Ispaniya, Fransiya va Portugaliya milliy jamoalarini tilga olishdi.

«Portugaliyaning imkoniyati biroz yuqoriroq, chunki Krishtianu Ronaldu uchun penaltiyalar belgilanadi, xuddi Lionel Messi bilan Qatarda bo'lgani kabi. Bu — haqiqat.

Bundan tashqari, Portugaliya — juda sifatli jamoa. Shu energiya va ruh bilan ular bemalol jahon chempioni bo'lishlari mumkin»,
— dedi Lugano. Uning bu gaplari efir ishtirokchilarini kuldirib yubordi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Argentina Argentina
  • Braziliya Braziliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar