Bugun
15
O'zbek

"Xetafe" Soriya bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
3 iyun, 18:00
David klub safida 2018 yildan beri to'p tepib keladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Xetafe" Soriya bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Getty Images

"Xetafe" darvozabon David Soriya bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, klub ispan 33 yoshli kiper bilan 2030-yilgacha bitim imzolagan.

David 2018-yilda jamoa safiga kelib qo'shilgan. Shundan beri "Xetafe" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Yakunlangan mavsumda Soriya Ispaniya chempionatida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 38 marta o'z darvozasidan gol o'tkazib yubordi. Shuningdek, 12 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

"Xetafe" esa La Ligada mavsumni 7-pog'onada yakunladi va kelasi mavsumda Konferensiyalar ligasi saralashida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xetafe Xetafe
Bugungi yangiliklar