Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Lamin Yamalning Jahon chempionatidagi ilk o'yinga tayyor bo'lishi mumkinligini inkor etmadi.
Avvalroq "Barselona" vingeri 22 aprel kuni La Liga doirasidagi "Selta"ga (1:0) qarshi bahsda penalti tepish paytida jarohat olgani sababli 2026 yildagi mundialning dastlabki o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkinligi xabar qilindi. Ispaniya turnirni 15 iyun kuni Kabo-Verde bilan o'yin orqali boshlaydi, 21 iyun kuni esa jamoa Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.
"Lamin Yamal ham, Niko Uilyams ham, Viktor Munios ham Iroqqa qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etmaydi.
Biz Laminning 15 iyunga qadar tayyor bo'lishiga ishonamiz. Agar tiklanish shu tarzda davom etsa, u tayyor bo'lishi mumkin. Biroq bu uning albatta maydonga tushishini anglatmaydi. Vaziyat rivojiga qarab qaror qabul qilamiz," — deya de la Fuentening so'zlarini keltiradi Marca.
De la Fuente: "Yamalning 15 iyunga qadar tayyor bo'lishiga ishonamiz"
Futbol
3 iyun, 18:40
Ispanlar ustozi jamoa yulduzining tiklanishi haqida gapirdi.
Foto: Getty Images