Buba Sangare faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettiradi.
"Elche" "Roma"ga tegishli ispan 18 yoshli himoyachining ijara shartnomasi yakunlanganidan so'ng uni sotib olishga qaror qildi va 2031 yilgacha shartnoma imzoladi.
Marca yozishicha, rimliklar transferdan 4,5 million yevro va futbolchining keyingi transferidan 20% ulush oladi.
Sangare "Elche"ga qishda ijara asosida kelib qo'shilgandi. U mavsumning ikkinchi qismida La Ligada 12 ta o'yin o'tkazdi.
"Roma" Sangareni "Elche"ga sotdi
Futbol
3 iyun, 18:20
18 yoshli himoyachi yakunlangan mavsumning ikkinchi qismini La Ligada ijarada o'tkazgandi.
Foto: Elche