Joze Mourinio "Real" rahbariyatidan Rikkardo Kalafiorini jamoaga olib kelish imkoniyatini ko'rib chiqishni so'radi.
Jurnalist Ramon Alvares de Mon ma'lumotiga ko'ra, madridliklar 2029 yilgacha shartnoma imzolagan portugaliyalik murabbiy rahbariyatdan "Arsenal" himoyachisining transferini o'rganishni iltimos qilgan.
Xabar qilinishicha, Mourinioga 24 yoshli italiyalikning mudofaada ham markaziy himoyachi, ham chap qanot himoyachisi sifatida harakat qila olishi yoqadi.
O'tgan mavsumda Kalafiori Premyer-ligada 26 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Mourinio "Real" rahbariyatidan Kalafiori transferini so'radi
Futbol
3 iyun, 16:50
"Arsenal" himoyachisining o'yinlari portugaliyalik mutaxassisga yoqadi.
Foto: Getty Images