Bugun
15
O'zbek

"Bavariya" - UEFA klublar reytingida birinchi o'rinda (top-10)

Futbol
3 iyun, 17:35
YChLning amaldagi g'olibi 3-pog'onadan o'rin oldi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
"Bavariya" - UEFA klublar reytingida birinchi o'rinda (top-10)
Foto: Getty Images

"Bavariya" 2026/2027 yilgi mavsum oldidan UEFA klublar reytingida birinchi o'rinni egalladi.

Ikkinchi pog'onani "Real", uchinchi o'rinni esa "PSJ" band etdi.

Reyting klublarning 2021/2022 yilgi mavsumdan boshlab Yevropa musobaqalarida ko'rsatgan natijalari asosida tuzilgan. "Bavariya" so'nggi besh mavsumning har birida YChL chorakfinaliga chiqqan, shuningdek, ikki marta yarimfinalga yo'l olgan. Aynan shu natijalar klubning reytingda birinchi o'rinni egallashiga sabab bo'ldi.

2025/2026 yilgi mavsumda eng ko'p ochko to'plagan "Arsenal" esa umumiy reytingda 7-o'rinni egalladi.

Eng katta o'sishni "Aston Villa" amalga oshirdi. Jamoa 29 pog'onaga yuqorilab, reytingda 17-o'ringa ko'tarildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Real Madrid Real Madrid
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar