Bugun
15
O'zbek

Arbeloaning xizmatlari «Bayer»ga taklif qilindi

Futbol
3 iyun, 17:42
Biroq «dorishunoslar» Alvaro nomzodi bo'yicha bir qarorga kelmagan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Arbeloaning xizmatlari «Bayer»ga taklif qilindi
Фото: Getty Images

Ispaniyalik mutaxassis Alvaro Arbeloa faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

Bild nashri xabariga ko'ra, murabbiyning xizmatlarini «Bayer»ga taklif qilishgan.

Leverkuzen klubi yangi mavsum oldidan murabbiy izlamoqda. Bu borada bir nechta nomzodlar bilan ham muzokara o'tkazgan edi.

Biroq «dorishunoslar» Arbeloa nomzodi bo'yicha bir qarorga kelmagan. Ammo klub short-listidan o'rin olgan.

Eslatib o'tamiz, Alvaro yanvar oyidan beri «Real»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa La Ligada ikkinchi o'rinni egalladi. «Bayer» esa Bundesligada mavsumni 6-pog'onada yakunladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bayer Bayer
Bugungi yangiliklar