AQShning Oklahoma shahrida UFC Fight Night 281 turniri bo'lib o'tdi. Oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasida Drikus du Plessi va Kamaru Usman o'rtasida kechdi.
Jang to'liq 5 raund davom etdi. Yakunda Drikus hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi — 50:45, 49:46, 49:46.
Bu du Plessining professional faoliyatidagi 24-g'alabasi bo'ldi. Uning hisobida yana 3 ta mag'lubiyat ham bor. Shu tariqa, janubiy afrikalik jangchi o'tgan yil avgust oyida Hamzat Chimaevga mag'lub bo'lganidan so'ng ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.
Kamaru Usman esa faoliyatidagi beshinchi mag'lubiyatini qabul qildi. Uning hisobida 21 g'alaba mavjud. Shu bilan birga, bu Usmanning so'nggi besh jangdagi to'rtinchi mag'lubiyati bo'ldi.
UFC Fight Night 281 turnirining boshqa janglaridagi natijalar:
- Kristian Leroy Dankan (15-2) Jared Kannonirni (18-10) hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi;
- Cheyz Huuper (17-5-1) Mitch Ramirezni (8-4) 1-raundda bo'g'ish usuli orqali taslim qildi;
- Fatima Kline (10-1) Tabata Richchini (12-5) hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi;
- Tomi Makmillen (11-0) Alberto Montesni (12-2) 3-raundda texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi