"Real" hujumchisi Endrik yana ijara asosida boshqa klubga o'tishi mumkin. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, "Roma" klubi braziliyalik 19 yoshli futbolchini ijaraga olish bo'yicha muzokaralarda faol harakat qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, rimliklarning asosiy maqsadi Endrikni to'liq sotib olish emas, balki ijara shartnomasi asosida o'z safiga qo'shib olish hisoblanadi.
Futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini Fransiyaning "Lion" klubida ijara asosida o'tkazgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Real" Endrikni 2024 yilda Braziliyaning "Palmeiras" klubidan qariyb 50 million yevro evaziga xarid qilgan.
Futbolchining "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyigacha amal qiladi.
"Roma" Endrikni "Real"dan ijaraga olmoqchi
Futbol
19 iyul, 06:06
Futbolchining "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyigacha amal qiladi.
Фото: Getty Images