Iordaniya poytaxti Amman shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston yoshlar jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Medal sohiblari:
🥇 Oltin:
- -90 kg – Behruzbek Rustamboyev
- +100 kg – Fazliddin Rafikov
- -70 kg – Durdona Tursunova
- +78 kg – Zarina Bobonazarova
🥈 Kumush:
- -100 kg – Muhammadali Sadullayev
🥉 Bronza:
- -81 kg – Kamronbek Qodirov
- -78 kg – Shoira Aminova
Shu tariqa, O‘zbekiston yoshlar jamoasi Osiyo chempionatini 7 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan yakunlab, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Qayd etish joiz, avvalroq O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi ham Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Shu tariqa, mamlakatimiz dzyudochilari qit'a birinchiligida ham o‘smirlar, ham yoshlar o‘rtasida tengsiz ekanini namoyish etdi.