2026 yilgi jahon chempionati oʻyinlariga jami 6 810 966 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Musobaqa gʻolibi Ispaniya milliy jamoasi boʻlib, finalda jamoa Argentinani qoʻshimcha vaqtda 1:0 hisobida magʻlub etdi. «MetLife Stadium»da oʻtgan hal qiluvchi uchrashuvni 80 663 nafar tomoshabin stadiondan kuzatdi.
Qayd etish lozim, AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan hamda 104 ta oʻyindan iborat boʻlgan 2026 yilgi jahon chempionati umumiy tomoshabinlar soni boʻyicha yangi rekord oʻrnatdi.
Bundan avvalgi rekord 1994 yilgi jahon chempionatida qayd etilgandi. Oʻshanda ham turnir AQShda oʻtkazilgan boʻlib, oʻyinlarga jami 3 587 538 nafar muxlis tashrif buyurgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi