KONMEBOL prezidenti Alejandro Dominges 2030 yildagi jahon chempionatida ishtirokchilar soni 64 tani tashkil etishini ma'lum qildi.
Uning aytishicha, musobaqani kengaytirish taklifi turnirning 100 yillik yubileyi munosabati bilan ilgari surilgan. Ayni paytda bu masala FIFA tomonidan ko'rib chiqilishi kutilmoqda.
Ma'lumki, 2030 yildagi mundial tarixdagi eng noodatiy musobaqalardan biri bo'ladi. Turnirning ochilish uchrashuvlari jahon chempionatining 100 yilligi sharafiga Argentina, Urugvay va Paragvayda o'tkaziladi. Qolgan barcha o'yinlar esa Ispaniya, Portugaliya va Marokash maydonlarida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, hozircha FIFA rasmiy 2030 yildagi jahon chempionati formati o'zgarganini tasdiqlamagan. Amaldagi rejaga ko'ra, turnir 48 ta jamoa ishtirokida o'tkazilishi belgilangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi