Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Espejo Publico ko‘rsatuvining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida chop etilgan postni e’tiborsiz qoldirmadi. E’tiborli jihati, unda Argentina va FIFA tanqid qilingan edi.
Videoda ispaniyalik jurnalist Pilar Rodriges Losantos 17 iyul kuni Argentina milliyjamoasi va FIFAni tanqid qilgan.
«Bu jamoa taxminan 5 ta o‘yin avval musobaqdan chiqib ketishi kerak edi. U FIFA yordami bilangina uzoqqa bora oldi. Biz Argentinaga qarshi emas, kubokni to‘rt yil avval bo‘lganidek Messiga topshirishni istayotgan butun FIFA tashkilotiga qarshi o‘ynaymiz», — deydi Rodriges.
Dasturning boshqa bir ishtirokchisi Ruben Amon, o‘z navbatida, FIFAni «mafiya aralashgan va sharmandali tashkilot» deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, mundial finalida Ispaniya milliy jamoasi qo‘shimcha bo‘limlarda Argentinani mag‘lubiyatga uchratib (0:1), jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi