Live
3
O'zbek

Fabinyo «Al Ittihod»ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin

Futbol
21 iyul, 06:55
Braziliyalik yarimhimoyachi maosh borasidagi kelishmovchilik sabab klub bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti.
Fabinyo «Al Ittihod»ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin
Foto: Getty Images

«Al Ittihod» yarimhimoyachisi Fabinyo faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Tomonlar yangi shartnoma borasida muzokaralar olib borayotgan bo‘lsa-da, moliyaviy masalalarda kelishuvga erishilgani yo‘q.

32 yoshli futbolchi 2023 yilning yozida «Liverpul»dan 46,7 million yevro evaziga Saudiya klubiga ko‘chib o‘tgandi. Uning amaldagi shartnomasi o‘tgan mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetdi.

Jurnalist Muhammad Al Buxayriyning xabariga ko‘ra, «Al Ittihod» Fabinyoga 2027 yil iyunigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilgan. Biroq klub rahbariyati futbolchiga avvalgi uch mavsum davomida olgan maoshi va bonuslaridan kamroq moliyaviy shartlarni taklif etgan.

Aynan shu sabab Fabinyo va uning agenti taklifdan norozi bo‘lgan. Shunga qaramay, muzokaralar davom etmoqda va tomonlar futbolchining avvalgi yiliga 25 million yevro atrofidagi maoshiga yaqinroq kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.

Braziliya OAV xabarlariga ko‘ra, «Kruzeyro» va «Palmeyras» yozgi transfer oynasida Fabinyoni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Futbolchining o‘zi esa hozircha Saudiya Arabistoni yoki Yevropa klublaridan tushadigan takliflarga ustuvor ahamiyat bermoqda.

Qayd etish joiz, ushbu vaziyat Karim Benzema bilan sodir bo‘lgan holatni eslatmoqda. «Al Ittihod» 2026 yil qishida fransiyalik hujumchiga ham maoshi kamaytirilgan yangi shartnoma taklif qilgan, natijada futbolchi muzokaralarni to‘xtatib, klubni tark etgan va erkin agent sifatida «Al Hilol» safiga qo‘shilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Ittihad Al-Ittihad
  • Al-Hilal Al-Hilal
Bugungi yangiliklar