"Beshiktosh" "Al Hilol" hujumchisi Darvin Nunesga qiziqish bildirmoqda.
Fotomac nashrining yozishicha, turk klubi urugvaylik futbolchini 4 million yevro evaziga ijaraga olishni taklif qilgan.
Shuningdek, taklifga qo'shimcha ravishda agar klub chempionlikni qo'lga kiritsa va Nunes mavsum davomida 20 tadan ortiq gol ursa, yana 4 million yevro bonus to'lanishi ko'zda tutilgan.
O'tgan mavsumda 27 yoshli forvard Saudiya Arabistoni chempionatida 16 ta o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.
"Beshiktosh" Darvin Nunesni ijaraga olmoqchi
Futbol
20 iyul, 11:05
Urugvaylik hujumchi Saudiya Arabistonidan Turkiyaga ko'chib o'tishi mumkin.
Foto: Getty Images