«Al Hilol» himoyachisi Joau Kanceluning «Barselona»ga o'tishi hozircha kechikmoqda. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.
Saudiya klubi bosh murabbiyi Simone Inzagi portugaliyalik futbolchiga tayanmoqchi emas. Kanceluning o'zi esa Kataloniyada to'p tepishni istamoqda. Biroq Riyod klubi uni ancha arzon narxda sotishga rozi emas.
«Ko'k-anorranglilar» transfer uchun 10 million yevrodan kam mablag' sarflashni rejalashtirmoqda, ammo hozircha rasmiy taklif bilan chiqmagan.
Ma'lumot o'rnida, Joau o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «Barselona» safida o'tkazgan. 32 yoshli futbolchining «Al Hilol» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozigacha amal qiladi.
Avvalroq Kancelu «Barselona»da qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor ekani ma'lum qilingan.