Ispaniya milliy jamoasi va "Barselona" himoyachisi Pau Kubarsi JCH-2026 finalida Argentinaga qarshi kechadigan bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Alvares juda texnikali futbolchi, bo'sh zonalarni topishni, markazga siljishni biladi va ajoyib zarbaga ega. Har doim sergak bo'lish va unga yaqin turish kerak, chunki u istalgan vaqtda jazolashi mumkin. Mening Neymar va Pike yozilgan futbolkalarim bo'lgan, lekin Messi doim yonimda edi. U mening kumirlarimdan biri bo'lgan.
Menda va "Barselona"ning barcha muxlislarida unga nisbatan alohida munosabat bor. Bunday yoshda u bilan bir maydonga chiqish imkoni — bu orzularning ushalishidir", — dedi Kubarsi TV3 telekanaliga bergan intervyusida.