Bugun
1
O'zbek

Argentina JCh finallari tarixidagi antirekordni qayd etdi

Futbol
19 iyul, 17:28
Amaldagi jahon chempioni finalning asosiy vaqtida darvoza tomon birorta ham zarba bermadi.
Argentina JCh finallari tarixidagi antirekordni qayd etdi
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi JCh-2026 finalida tarixiy antirekord muallifiga aylandi.

Opta ma'lumotiga ko‘ra, Lionel Skaloni shogirdlari Ispaniyaga qarshi finalning 90 daqiqalik asosiy vaqtida darvoza tomon birorta ham zarba bermagan ilk jamoa bo‘ldi. Bu Jahon chempionati finallari tarixidagi eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi.

AQSHning Ist-Raterford shahridagi «MetLife» stadionida o‘tayotgan hal qiluvchi bahsning asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlandi va jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l oldi.

Qayd etish joiz, Argentina JCh-2026 yarimfinalida Angliyani 2:1, Ispaniya esa Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etib finalga chiqqandi. Argentina amaldagi jahon chempioni bo‘lsa, Ispaniya o‘z tarixidagi ikkinchi mundial bosh sovrini uchun kurashmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar