Bugun
30
O'zbek

“Yuventus” Goretzka uchun kurashga qaytdi

Futbol
20 iyul, 14:14
Futbolchi hozirda erkin agent maqomida.
“Yuventus” Goretzka uchun kurashga qaytdi
Фото: Getty Images

“Yuventus” yarimhimoyachi Leon Goretzka va uning vakillari bilan muzokaralarni qayta boshladi. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, germaniyalik 31 yoshli futbolchi yangi klubidan mavsumiga 7 million yevro maosh hamda shartnoma imzolash uchun 10 million yevro miqdorida bir martalik bonus talab qilmoqda.

Avvalroq Goretzkaning faoliyatini “Milan” safida davom ettirishi kutilgan edi. Tomonlar deyarli kelishuvga erishgan, biroq Massimiliano Allegri iste'foga chiqarilishi va uning o'rniga Ruben Amorim tayinlanganidan keyin vaziyat o'zgarib ketdi.

O'tgan mavsumda Goretzka barcha turnirlarda 48 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar