«Yuventus» klubi «Monako» va AQSh milliy jamoasi hujumchisi Folarin Balogunni qo'lga kiritish uchun asosiy da'vogar bo'ldi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Turin klubi 25 yoshli forvardga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Balogun JCH-2026da 3 ta gol urib, bir qator Yevropa klublarining e'tiborini tortgan.
Xabar qilinishicha, «Monako» o'z hujumchisini 50 million yevrodan kam mablag'ga qo'yib yuborish niyatida emas. Klub transfer bo'yicha qat'iy moliyaviy talablarni belgilagan.
O'tgan mavsumda Balogun «Monako» safida barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.