Bugun
30
O'zbek

Kevin Kigan 75 yoshida vafot etdi

Futbol
20 iyul, 12:52
Kigan so'nggi oylarda saraton kasalligiga qarshi kurash olib borayotgan edi.
Kevin Kigan 75 yoshida vafot etdi
Фото: Getty Images

Angliya futboli afsonasi, sobiq futbolchi va murabbiy Kevin Kigan 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning oilasi rasmiy ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, Kigan so'nggi oylarda saraton kasalligiga qarshi kurash olib borayotgan edi.

Kevin Kigan faoliyati davomida “Liverpul”, “Hamburg”, “Sauthempton” va “Nyukasl” safida to'p tepgan. Angliya milliy jamoasi sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u ketma-ket ikki marta — 1978 va 1979 yillarda “Oltin to'p” sovrinini qo'lga kiritgan.

Murabbiy sifatida esa “Nyukasl”, “Fulhem”, “Manchester Siti” hamda Angliya milliy jamoasini boshqargan.

Bugungi yangiliklar