2026 yildagi Jahon chempionati davomida Ispaniya milliy jamoasi raqiblari har bir o‘yinda o‘rtacha 0,3 ta golli vaziyat (xG) yaratgan.
Luis de la Fuente boshchiligidagi jamoa finalda Argentina ustidan 1:0 hisobida (qo‘shimcha bo‘limlarda) g‘alaba qozonib, jahon chempioniga aylandi.
Ispaniya butun turnir davomida raqiblariga bor-yo‘g‘i 2,3 ta xG yaratish imkonini berdi. Ular 8 ta bahsda faqat bir marta to‘p o‘tkazib yuborishdi — chorak finalda Belgiya (2:1) qarshi o‘yinda.
O‘rtacha hisobda ispanlarning raqiblari har bir bahsda atigi 0,3 ta kutilgan gol yaratgan. Bu 1996 yildan beri (ushbu statistika hisoblab borila boshlanganidan buyon) Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Ispaniya JCH-2026da har bir o‘yinda raqiblarga o‘rtacha 0,3 xG yaratishga imkon berdi. Bu — rekord
Futbol
20 iyul, 10:15
«Qizil furiya» raqiblarga golli imkoniyat bermaslik bo‘yicha mundiallar tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
Foto: Getty Images