Live
1
O'zbek

Matteus: "Olisening "Real"ga o'tishi deyarli nolga teng"

Futbol
20 iyul, 16:33
Lotarning fikricha, Myunxen klubi Mayklni jamoada olib qoladi.
Matteus: "Olisening "Real"ga o'tishi deyarli nolga teng"
Фото: Getty Images

Germaniya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Lothar Matteus "Bavariya" a'zosi Maykl Olisening "Real"ga o'tish istagini tushunishi, ammo Myunxen klubi bunday transferga hech qachon rozi bo'lmasligini aytdi.

"Men uning "Real"da o'ynash istagini to'liq tushunaman. Deyarli har bir futbolchi faoliyatining ma'lum bir bosqichida ushbu klub sharafini himoya qilishni orzu qiladi. Lekin "Bavariya" bu masalada hatto muzokara ham olib bormaydi. Ular bu haqdagi sarlavhalarni o'qib, faqat kulishadi, xolos.

Meningcha, Olisening kelasi mavsumda "Real" safida o'ynash ehtimoli deyarli nolga teng. Aksincha, "Bavariya" uning shartnomasini uzaytiradi va maoshini ham oshiradi", — dedi Matteus Bild nashriga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar