Bugun
30
O'zbek

«Bavariya» Laymer bilan yangi shartnoma imzoladi

Futbol
20 iyul, 13:00
Konrad 2023 yilning yozidan beri «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda.
«Bavariya» Laymer bilan yangi shartnoma imzoladi
Фото: Getty Images

«Bavariya» himoyachi Konrad Laymar bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, astriyalik 29 yoshli futbolchi Myunxen klubi bilan 2029 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.

Konrad 2023 yilning yozidan beri «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu uch mavsum davomida futbolchi 136 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ettita gol va 21 ta golli uzatmani yozib qo'ydi.

Ma'lumot uchun, «Bavariya» 22 avgust kuni Germaniya Superkubogida «Borussiya D»ga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar