Live
3
O'zbek

Zidan Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi — Romano

Futbol
21 iyul, 04:55
Afsonaviy mutaxassis milliy jamoa bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Zidan Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi — Romano
Foto: Getty Images

Fransiya futbol federatsiyasi Zinedin Zidan bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Shu tariqa afsonaviy mutaxassis rasman Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, tomonlar ushbu tayinlov bo‘yicha asosiy kelishuvga 2025 yil noyabr oyidayoq erishgan. Shu sabab Zidan o‘tgan davr mobaynida o‘ziga qiziqish bildirgan bir qator klublarning takliflarini rad etib kelgan.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Fransiya futbol federatsiyasi va mutaxassis avval erishilgan kelishuv shartlarini o‘zgartirmagan. Zidan JCh-2026 yakuniga qadar kutilganidek milliy jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun bahsdan so‘ng Didye Desham Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyligidan ketgani rasman ma'lum bo‘ldi. U qariyb 14 yil davomida jamoani boshqarib, Fransiyani 2018 yilgi jahon chempionligi, shuningdek, Jahon chempionati va Yevropa chempionatining kumush medallariga olib chiqqandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
Bugungi yangiliklar