«Bavariya» vingeri Maykl Olisening «Real Madrid»ga transferi yozgi transfer oynasida amalga oshishi kutilmayapti.
Jurnalist Mario Kortegana xabariga ko‘ra, Madrid klubiga yaqin manbalar «qaymoqranglilar» bu yozda fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmayotganini ma'lum qilgan.
23 yoshli futbolchi 2024 yilda «Kristal Pelas»dan 53 million yevro evaziga «Bavariya» safiga o‘tgan edi. Uning Myunxen klubi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Ma'lumot uchun, Olise 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 52 ta bahsda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.