Live
2
O'zbek

Romano: «Rodri «Real» haqida orzu qilmoqda»

Futbol
21 iyul, 05:40
Mashhur insayder «Manchester Siti» yarimhimoyachisi faoliyatini Madrid klubida davom ettirmoqchligini tasdiqladi.
Romano: «Rodri «Real» haqida orzu qilmoqda»
Foto: Getty Images

Jurnalist va insayder Fabritsio Romano Angliyaning «Manchester Siti» klubi yarimhimoyachisi Rodri Madridning «Real» klubi safiga ko‘chib o‘tish niyatida ekanligini tasdiqladi.

30 yoshli futbolchi Ispaniya milliy jamoasi jahon chempioni bo‘lishida salmoqli hissa qo‘shdi. Yakunda aynan «shaharliklar» yarimhimoyachisi musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

«Rodri «Manchester Siti»dan yangi shartnoma borasida taklif olgan, lekin u «Real» haqtida orzu qilmoqda va u yerga ko‘chib o‘tishdan umidvor. «Real» esa Florentino Peresning ikkilanishi tufayli Rodri bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan. Vaziyat o‘zgarsa, albatta, xabar beraman», – deb yozdi Romano.

Eslatib o‘tamiz, Rodrining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar