Live
3
O'zbek

Vinisius iyak korreksiyasi uchun kosmetik muolaja qildirdi

Futbol
21 iyul, 06:49
Braziliya milliy jamoasi va Madridning «Real» klubi vingeri ta’tilni bekor o‘tkazmayapti.
Vinisius iyak korreksiyasi uchun kosmetik muolaja qildirdi
Foto: Getty Images

Bu haqda TMK xabar berdi.

Braziliya milliy jamoasi va Madridning «Real» klubi futbolchisi Vinisius Junior iyak korreksiyasi uchun kosmetik muolajaga murojaat qildi.

Manbaning xabariga kera, futbolchi bu masalada Braziliyaning Goaniya shahridagi klinikaga murojaat qilgan. Ushbu jarayon Vinisius jahon chempionati-2026dagi ishtirokini yakunlab, Virjiniya bilan Yevropa ta’tiliga ketganidan so‘ng amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, mundialda Braziliya milliy jamoasi 1/8 final bosqichida Norvegiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:2). Undan keyin Vinisius ta’tilga chiqdi va keyinroq tashqi ko‘rinishida biroz o‘zgartirish qilishga qaror qildi.

Ma’lumot uchun, «Real» yangi mavsumdagi ilk o‘yinini 22-avgust kuni safarda «Espanyol»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar