Live
7
O'zbek

Spaletti Zirkzeni «Yuventus»da ko‘rmoqchi

Futbol
21 iyul, 10:53
Hujumchi Italiyaga qaytishi mumkin.
Spaletti Zirkzeni «Yuventus»da ko‘rmoqchi
Foto: Getty Images

Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.

Niderlandiyalik forvard Joshua Zirkze A Seriyaga qaytishi mumkin.

Manba ma’lumotlariga qaraganda, «Yuventus» futbolchi transferiga qiziqish bildirgan. Turin klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti anchadan buyon forvardning iqtidori muxlisi hisoblanadi.

«Manchester Yunayted» futbolchisi bilan 35-40 million yevro evaziga xayrlashishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Joshua Zirkze «Manchester Yunayted»ga 2024-yilda «Bolonya»dan 42 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029-yil 30-iyunga qadar mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda hujumchi «qizil iblislar» safidagi 26 o‘yinda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar