Live
4
O'zbek

Modrich «Milan» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi (Romano)

Futbol
21 iyul, 13:35
Tomonlar yaqin vaqt ichida shartnomani rasmiy imzolashi kutilmoqda.
Modrich «Milan» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi (Romano)
Фото: Getty Images

«Milan» klubi yarimhimoyachi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar og‘zaki kelishib olishgan. Modrich yana bir mavsum davomida «rossoneri» safida qoladi. Tomonlar yaqin vaqt ichida shartnomani rasmiy imzolashi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Luka sentabr oyida 41 yoshni qarshi oladi. Shunga qaramay, u yuqori saviyadagi faoliyatini davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq «Milan»ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim Modrichni jamoada qolishini istayotganini ma'lum qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar