Bugun
1
O'zbek

"Milan" Jezush bilan muzokaralarni davom ettirmoqda

Futbol
19 iyul, 09:31
Uning "to'pchilar" bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan keyin yakunlanadi.
"Milan" Jezush bilan muzokaralarni davom ettirmoqda
Фото: Getty Images

"Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezush hamon "Milan"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo'lib qolmoqda. Bu haqda Sport Witness xabar berdi.

Xabarlarga ko'ra, "rossoneri" ancha vaqtdan beri braziliyalik 29 yoshli forvardga qiziqish bildirib kelmoqda. Biroq hozircha tomonlar transfer shartlari bo'yicha kelishuvga erisha olmagan.

Qayd etilishicha, "Arsenal" Jezush uchun taxminan 23 million yevro talab qilmoqda. Ammo "Milan" bu narxni yuqori deb hisoblab, londonliklarni transfer summasini kamaytirishga ko'ndirishga urinmoqda.

Transfermarkt bahosiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 17 million yevroga teng. Uning "to'pchilar" bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan keyin yakunlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar