Argentina milliy jamoasi himoyachisi Kristian Romero 2026 yilgi jahon chempionati finali doirasidagi Ispaniyaga qarshi o'yindan keyin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan qo'l berib ko'rishishdan bosh tortdi.
Turnirning hal qiluvchi bahsida argentinaliklar qo'shimcha vaqtdan so'ng Ispaniyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuvdagi yagona golni 106-daqiqada Ferran Torres urdi. Unga Niko Uilyams assist amalga oshirdi.
Taqqdirlash marosimida Tramp har ikki jamoa futbolchilariga medallarni topshirdi. Navbat Romeroga kelganida, himoyachi AQSh prezidenti bilan qo'l berib ko'rishmasdan uning yonidan o'tib ketdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi