Bugun
1
O'zbek

4 ta klub o'yinchilari so'nggi 3 ta Jahon chempionatida ham g'olib bo'lishdi

Futbol
20 iyul, 08:40
So'nggi mundiallarda eng ko'p chempion — "Atletiko"dan.
4 ta klub o'yinchilari so'nggi 3 ta Jahon chempionatida ham g'olib bo'lishdi
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

"Manchester Siti", "PSJ", "Atletiko" va "Tottenhem" futbolchilari ketma-ket uchta Jahon chempionatida g'olib bo'lishdi.

2026 yildagi mundial finalida Ispaniya Argentina ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Hal qiluvchi gol 106-daqiqada urildi.

Ispaniya tarkibida "Manchester Siti"dan Rodri, "Tottenhem"dan Pedro Porro, "PSJ"dan Fabian Ruiz, "Atletiko"dan esa Mark Pubil, Markos Lorente, Aleks Baena va Aleks Grimaldo bor edi.

2022 yilda jahon chempioni Argentina bo'lgandi. O'sha tarkibda "Man Siti"dan Xulian Alvares, "Tottenhem"dan Kristian Romero, "PSJ"dan Lionel Messi, "Atletiko"dan esa Rodrigo De Paul, Anhel Korrea va Nauel Molina bo'lgan.

2018 yildagi mundialda Fransiya g'olib chiqqan. Uning tarkibida "Manchester Siti"dan Benjamen Mendi, "Tottenhem"dan Ugo Loris, "PSJ"dan Kilian Mbappe, Presnel Kimpembe va Alfons Areolya, "Atletiko"dan esa Antuan Grizmann hamda Lyuka Ernandes bor edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Tottenhem Tottenhem
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Ko'proq ko'rsatish
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar