Live
1
O'zbek

Rasman: Duran - "Benfika" futbolchisi

Futbol
20 iyul, 16:41
Futbolchini to'liq transfer qilish opsiyasi esa 30 million yevroga baholangan.
Rasman: Duran - "Benfika" futbolchisi
Фото: Benfica

"Benfika" klubi kolumbiyalik hujumchi Jon Duran bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.

Qayd etilishicha, 22 yoshli futbolchi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha Lissabon klubida ijarada to'p tepadi. Shartnomada uni keyinchalik to'liq sotib olish huquqi ham ko'zda tutilgan.

Ma'lum qilinishicha, "Benfika" ijara uchun 6,1 million yevro to'laydi. Futbolchini to'liq transfer qilish opsiyasi esa 30 million yevroga baholangan.

Duran o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Zenit" klubida ijarada o'tkazdi. Pitersliklar libosida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Eslatib o'tamiz, Duran huquqiy jihatdan Saudiya Arabistonining "An Nasr" klubiga tegishli.

Bugungi yangiliklar