«Inter» yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan 2026/27 yilgi mavsum oldidan o‘z maqsadlari haqida fikr bildirdi.
Armanistonlik tajribali futbolchi avvalgi mavsumdagidan ham yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishni va jamoasiga maqsadlarga erishishda yordam berishni istashini aytdi.
«Men o‘zimning eng yaxshi versiyamga aylanishni xohlayman. O‘tgan mavsumdagidan ham muvaffaqiyatliroq o‘ynash niyatidaman. Yoshim o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda, ammo jamoaga yordam berishga hamon tayyorman. “Inter” o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishishi uchun ishlashda davom etaman», — dedi Mxitaryan La Gazzetta dello Sport nashriga.
36 yoshli yarimhimoyachi o‘tgan mavsum A Seriyada 30 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylangandi.
Ma'lumot uchun, «Inter» 2025/26 yilgi mavsumda Italiya A Seriyasi chempionligini qo‘lga kiritish bilan birga, mamlakat Kubogi bosh sovrinini ham qo‘lga kiritgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi