Live
4
O'zbek

“Inter” Lautaro boʻyicha 120 mln yevrodan kam boʻlgan takliflarni koʻrib chiqmaydi

Futbol
19 iyul, 01:50
28 yoshli hujumchi Argentinaning jahon chempionati finaliga chiqishiga katta hissa qoʻshgani bunga sabab boʻlgan.
“Inter” Lautaro boʻyicha 120 mln yevrodan kam boʻlgan takliflarni koʻrib chiqmaydi
Foto: Getty Images

“Inter” sardori Lautaro Martines boʻyicha takliflarni qayta koʻrib chiqadi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.

28 yoshli hujumchi Argentina milliy jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati finaliga chiqishiga katta hissa qoʻshdi. U chorak finalda Shveytsariyaga va yarim finalda Angliyaga qarshi oʻyinlarda zaxiradan maydonga tushib, har ikki bahsda ham bittadan gol urdi.

Qayd etilishicha, “Inter” rahbariyati Martinesning jahon chempionatidagi muvaffaqiyatlaridan keyin uning transfer bahosi kamida 120 million yevro boʻlishi kerak deb hisoblamoqda.

Avvalroq “Barselona” Lautaroni sotib olishi mumkinligi maʼlum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar