«Barselona» kelajakdagi transfer oynalari uchun rejalashtirish ishlarini boshladi va asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri — jahon darajasidagi markaziy hujumchini xarid qilish. ESPN manbasiga ko‘ra, jurnalist Rudi Galettining ma’lumotiga ko‘ra, «Inter» forvardi Lautaro Martines kataloniyaliklar ro‘yxatidagi yetakchi nomzodga aylandi.
28 yoshli futbolchi «Barselona» sport direktori Dekuning diqqat markazida bo‘lib, jamoa yangi yulduz hujumchini topish uchun bozorni o‘rganmoqda.
Joriy mavsum Martines barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi. Uning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 85 mln yevroni tashkil etadi.