2026 yildagi jahon chempionatida ishtirokini 1/16 final bosqichida yakunlagan Niderlandiya milliy jamoasi musobaqa yakunlariga ko‘ra Fair Play (halol o‘yin) mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti orqali xabar berdi.
Niderlandiya futbolchilari jahon chempionatida kutilganidan ancha past natija qayd etib, pley-offning birinchi bosqichida Marokash milliy jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. Asosiy va qo‘shimcha vaqt 1:1 hisobida yakunlangan bo‘lsa, penaltilar seriyasida afrikaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Qayd etish lozim, «lolalar yurti» vakillari turnir davomida o‘tkazgan 4 ta uchrashuvda atigi 3 marta sariq kartochka oldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi