«Liverpul» sobiq bosh murabbiyi Arne Slot Niderlandiya milliy jamoasini boshqarsa, unga ma'lum miqdorda kompensatsiya to'lashni davom ettirishga tayyor. Bu haqda De Telegraaf xabar berdi.
Manbaga ko'ra, bunday qaror «Liverpul»ga shartnoma muddatidan oldin bekor qilingani uchun to'lanishi kerak bo'lgan kompensatsiya xarajatlarini bir necha million yevroga kamaytirish imkonini beradi.
Slot o'tgan mavsum yakunida «Liverpul»dan iste'foga chiqarilgan edi. Uch yillik shartnomasining yana bir yili qolgan 47 yoshli mutaxassis 10 million yevrodan ortiq kompensatsiya olish huquqiga ega. Agar u keyingi mavsum davomida ishsiz qolsa, klub ushbu summani to'liq to'lab berishi kerak bo'ladi.
Arne Slot «Liverpul»ni 2024 yil 1 iyundan 2026 yilgacha boshqardi. U ilk mavsumidayoq jamoani Angliya chempioniga aylantirdi. Biroq ikkinchi mavsumda mersisaydliklar chempionlikni himoya qila olmadi va APLni beshinchi o'rinda yakunladi.
Eslatib o'tamiz, Ronald Kumanning 30 iyun kuni lavozimini tark etganidan so'ng Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyligi vakant bo'lib qolgan. Arne Slot ushbu lavozim uchun nomzodlar qisqa ro'yxatidan o'rin olgan. Undan tashqari, sobiq «Manchester Yunayted» ustozi Erik ten Hag ham da'vogarlar safida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi