Bugun
28
O'zbek

«Brayton» Minte uchun qariyb 100 million yevro talab qilmoqda

Futbol
9 iyul, 04:54
«Liverpul» qiziqish bildirayotgan vingerning transferi oson kechmasligi kutilmoqda.
«Brayton» Minte uchun qariyb 100 million yevro talab qilmoqda
Foto: Getty Images

«Brayton» vingeri Yankuba Minte «Liverpul»ning transfer ro'yxatida qolmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko'ra, mersisaydliklar 21 yoshli futbolchiga qiziqishda davom etmoqda. Biroq uning transferini amalga oshirish oson bo'lmaydi.

Qayd etilishicha, «Brayton» transfer bozoridagi narxlarni inobatga olib, Gambiya milliy jamoasi futbolchisi uchun qariyb 94 million yevro talab qilmoqchi.

Minte 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Eslatib o'tamiz, futbolchining «Brayton» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uni 45 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Brayton Brayton
Bugungi yangiliklar