Bugun
28
O'zbek

Rubin Xebay: «Agar klub qaytishimni xohlasa albatta bu haqida oʻylab koʻrishim mumkin»

Eksklyuziv
9 iyul, 03:28
Tribuna.uz muxbiri oʻzbek futboliga tanish boʻlgan albaniyalik forvard bilan suhbatlashdi.
Rubin Xebay: «Agar klub qaytishimni xohlasa albatta bu haqida oʻylab koʻrishim mumkin»
Фото: Getty Images

Albaniyalik hujumchi Rubin Xebay yodingizdami? Uning oxirgi klubi Qozogʻistonning «Tobol» jamoasi edi. Biroq yaqinda u yana klubini oʻzgartiribdi. Endi Albaniyaga qaytib, mahalliy «AF Elbasani» sharafini himoya qiladi.

Ushbu hujumchining «Andijon»dagi yorqin faoliyatini koʻpchilik yaxshi eslaydi. Shundan keyin Saudiya Arabistoni va Tunis chempionatlarida oʻynab qaytgach, yurtimizda «Nasaf» bilan «Soʻgʻdiyona»da ham faoliyat olib bordi. Lekin hech bir jamoada «Andijon»dagikabi samaradorligini koʻrmadik. Kuni kecha hujumchi Tribuna.uz nashriga intervyu berdi.

- Salom, Rubin! Ishlaringiz yaxshimi? Albatta, biz sizni yaxshi eslaymiz. Biroq oxirgi paytlarda sukunat ichida qolgandeksiz...

- Bu futbolda sodir boʻladigan narsa. Baland va pastliklar boʻladi. Gap shundaki, har kimning oʻz lahzalari bor.

- Bungacha Qozogʻiston chempionatida oʻynayotganingizni bilardim. Kuni kecha Albaniya chempionatiga qaytibsiz. Nima boʻldi?

- Hech narsa boʻlmadi, men oʻzimni Qozogʻistonda topa olmadim va koʻproq oʻynashim kerak edi.

- Soʻnggi paytlarda har olti oyda klubingizni almashtiryapsiz. Buning sababi nimada?

- Baʼzan siz yaxshi oʻynaysiz va yaxshiroq darajadagi joyga borasiz. Xuddi shunday holat oʻzingizni topolmaganingizda hamda bir qadam orqaga chekinish va kuchliroq boʻlish uchun oʻzgartirishingiz mumkin boʻlgan daqiqalarda ham sodir boʻladi.

- Shuningdek, muxlislar «Andijon»dagi faoliyatingizni yaxshi eslab qolishgan. Shundan beri biz oʻsha Rubin Xebayni koʻrmadik. Siz bu fikrga qoʻshilasizmi?

- Yoʻq, men «Soʻgʻdiyona»da ham yaxshi oʻynadim. Lekin meni boshqa oʻyinchi bilan almashtirish klubning qarori edi. «Nasaf» bilan ham shunday boʻldi, deya olmayman. Chunki iqtidorimni koʻrsatish uchun imkon boʻlmadi. Ammo meni butun faoliyatimdagi statistikamni koʻrsangiz, menga ishonganlarga natija berganman. Shunin uchun futbol yaxshi, hamma ham birdek fikrlayvermaydi.

- Qozogʻistondagi faoliyatingizda nimalar yoqmadi?

- Juda koʻp narsalar. Avvalo, sunʼiy maydonlar bilan bogʻliq sharoitlar, klubdagi natijalar, jamoadagi muhit va boshqa koʻp holatlar.

- «Andijon»da toʻpurar boʻlganingizni bilamiz. Yana sobiq klubingizga qaytish haqida oʻylamadingizmi?

- Qaytishni xohlagandim, lekin hech qanaqa taklif olmadim. Menga atalmagan narsalarni boʻlishiga majburlay olmayman. Hali ham yoshman va yaxshi oʻyin koʻrsata olaman. Shunday ekan, agar klub qaytishimni xohlasa albatta bu haqida oʻylab koʻrishim mumkin.

- Oʻzbekiston milliy jamoasining jahon chempionatidagi ilk ishtirokiga qanday baho berasiz?

- Eng yaxshi tomoni shundaki, ular ishtirok etishdi. Albatta, ular ustun jamoa kabi borishmadi. Biroq jamoa harakat qildi va menimcha, bu yigitlarning barchasi uchun yaxshi tajriba. Buni butun umr eslab qolishadi.

- Mundilda siz muxlislik qilayotgan jamoalar?

- Menga Braziliya yoqadi. Biroq, afsuski, ular yaqinda musobaqadan chiqib ketishdi. Portugaliya ham musobaqa bilan xayrlashdi. Shuning uchun bundan buyon Frantsiyani kuzatib boraman.

- Oʻzbekistonda koʻproq nimalarni sogʻindingiz?

- Men hamma narsani ayta olaman, doʻstlarim, odamlar, joy, deyarli hamma narsa.

- Siz bir qancha mamlakatlar chempionatlarida toʻp tepdingiz. Ularni Oʻzbekiston birinchiligi bilan solishtira olasizmi? Qanday farqlar bor?

- Har bir mamlakatning oʻziga xos xususiyatlari bor. Ammo Oʻzbekistonda futbol yaxshi ritm va yaxshi sifatga ega.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar