Bugun
28
O'zbek

«Arsenal» va «Tottenhem» Antonio Nusa uchun kurashadi

Futbol
9 iyul, 05:20
Norvegiya milliy jamoasi yarimhimoyachisiga Angliyaning ikki top-klubi qiziqish bildirmoqda.
«Arsenal» va «Tottenhem» Antonio Nusa uchun kurashadi
Foto: Getty Images

«RB Leypsig» va Norvegiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Antonio Nusa faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 20 yoshli futbolchiga «Arsenal» va «Tottenhem» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Uning JCH-2026dagi yorqin o'yinlari London klublari e'tiborini tortgan. Nusa mundialda to'rtta bahsda maydonga tushib, bitta gol urdi hamda uchrashuvlarning birida eng yaxshi futbolchi deb topildi.

Qayd etilishicha, «RB Leypsig» norvegiyalik vingerini 50–60 million yevro atrofida baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Antonio Nusa 2024 yilda Belgiyaning «Bryugge» klubidan 21 million yevro evaziga «RB Leypsig» safiga kelib qo'shilgan. Uning Germaniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

2025/26 yilgi mavsumda Nusa barcha musobaqalarda 35 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar