Live
1
O'zbek

Bruno Gimaraes «Arsenal»ga o'tishni xohlamoqda

Futbol
8 iyul, 14:21
Braziliyalik yarimhimoyachi bu istagini «Nyukasl» rahbariyatiga ma'lum qilgan.
Bruno Gimaraes «Arsenal»ga o'tishni xohlamoqda
Foto: Getty Images

«Nyukasl» va Braziliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Bruno Gimaraes faoliyatini «Arsenal»da davom ettirmoqchi. Bu haqda jurnalist Devid Ornshteyn xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 28 yoshli futbolchi o'z istagini «Nyukasl» rahbariyatiga yetkazgan. Endi «Arsenal» ushbu transfer bo'yicha muzokaralarni faollashtirishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, londonliklar braziliyalik yarimhimoyachi uchun qariyb 70 million yevro taklif qilishga tayyor. Shuningdek, Ornshteynning ta'kidlashicha, futbolchining shaxsiy shartlari muammo tug'dirmaydi, biroq «Nyukasl» o'z yetakchilaridan birini qo'yib yuborishni istamayapti.

Eslatib o'tamiz, Bruno Gimaraes 2022 yildan buyon «Nyukasl» safida to'p tepmoqda. Faoliyati davomida u «Audaks», «Atletiko Paranaense» va Fransiyaning «Lion» klublarida ham o'ynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar