Bugun
10
O'zbek

"Nyukasl" Gimaraesni "Arsenal"ga sotishni istamayapti

Futbol
8 iyul, 08:24
Uning "qarg'alar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
"Nyukasl" Gimaraesni "Arsenal"ga sotishni istamayapti
Фото: Getty Images

"Nyukasl" yarimhimoyachi Brunu Gimaraesni yozgi transferlar oynasida "Arsenal"ga qo'yib yuborish niyatida emas. Bu haqda Football Insider xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, "to'pchilar" braziliyalik futbolchi uchun taxminan 64,3 million yevro miqdorida rasmiy taklif yuborgan. Biroq "qarg'alar" rahbariyati ushbu taklifni rad etgan.

Xabarda ta'kidlanishicha, Entoni Gordon va Sandro Tonali jamoani tark etgach, "Nyukasl" rahbariyatining pozitsiyasi yanada qat'iylashgan. Bosh murabbiy Eddi Hau Gimaraes bilan xayrlashishga mutlaqo qarshi va uni kelasi mavsum uchun jamoada saqlab qolishni istamoqda.

O'tgan mavsumda braziliyalik futbolchi barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Uning "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar