«Nyukasl» klubi qanot hujumchisi Bazumana Tureni rasman o‘z safiga qo‘shib olganini e'lon qildi.
20 yoshli futbolchi Germaniyaning «Hoffenhaym» klubidan transfer qilindi. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, transfer qiymati 50 million yevroni tashkil etgan. Klub shartnoma muddatini oshkor qilmagan bo‘lsa-da, uning uzoq muddatga tuzilgani ma'lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Kot-d’Ivuar futbolchisi 2025 yilning fevral oyidan buyon «Hoffenhaym» safida to‘p surayotgandi.
Ma'lumot uchun, Bazumana Ture Germaniya klubi safida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi esa 21 avgust kuni start oladi.