Live
1
O'zbek

Rafael Leau uchun APL grandlari va Saudiya klublari kurashmoqda

Futbol
5 iyul, 16:00
«Milan» portugaliyalik vinger bilan yozda xayrlashishga tayyor.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Rafael Leau uchun APL grandlari va Saudiya klublari kurashmoqda
Foto: Getty Images

«Milan» vingeri Rafael Leau yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, hozirda 26 yoshli futbolchi uchun «Manchester Yunayted», «Tottenhem» hamda Saudiya Arabistonining bir necha klublari kurash olib bormoqda. Manbaga ko‘ra, «Milan» Leauni 60 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Shuningdek, avvalroq «Barselona» ham portugaliyalik futbolchiga qiziqish bildirgan, biroq kataloniyaliklar «Nyukasl»dan Entoni Gordonni sotib olganidan so‘ng bu transfer variantidan voz kechgan.

Eslatib o‘tamiz, Rafael Leau 2019 yildan buyon «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda va klub bilan A Seriya chempionligini ham qo‘lga kiritgan.

Ma'lumot uchun, Leau 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bugungi yangiliklar